1-fevraldan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda 1–20-fevral kunlari loyihalar kiritiladi, 21-fevraldan 7-martgacha loyihalar saralanadi.
8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi o‘tkazilsa, ovoz berish bosqichi 11–20-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e‘lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e‘lon qilinadi.