Optimo — daromadni oshiruvchi dastur

Do‘konni avtomatlashtirish dasturining o‘rnatilishi minimal vaqtni talab qiladi

Savdoni oson boshqarish, inventarizatsiya jarayoni va daromadlarni nazorat qilish — biznes egalarini qiynaydigan asosiy muammolar hisoblanadi. Optimo — do‘konlar uchun dastur aynan shu muammolarga yechimdir.

Odatda do‘kon yoki biron bir chakana savdo obyektlarida inventarizatsiyani boshqarish muammosi doimo mavjud bo‘ladi. Bu juda muhim omil bo‘lib, obyektning muvaffaqiyatli ishlashiga ham, moliyaviy tomoniga ham katta ta’sir qiladi. Optimo bilan esa inventarizatsiya jarayoni oson boshqariladi. Uning yordamida zaxirada qancha mahsulot borligini, hozir nimani sotib olish kerakligini va keyinroq nimani sotib olishga ehtiyoj tug‘ilishini oldindan aniq bilib olish mumkin. Yoki aksincha sotish qiyin va omborda juda ko‘p joy egallaydigan mahsulotlar haqida ham xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud. Natijada savdoni boshqarish dasturining bu ma‘lumotlariga asoslanib, jarayonni to‘liq nazorat qilish va ko‘proq foyda keltiradigan yo‘nalishga sarmoya kiritish imkoniyati tug‘iladi.

Do‘konni avtomatlashtirish dasturining o‘rnatilishi minimal vaqtni talab qiladi. Biznes egasi Optimodan foydalanish uchun o‘ziga qulay narxni to‘laydi va biznesini optimallashtirish uchun ko‘proq vaqt tejaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, dasturni o‘rnatgandan so‘ng, mijoz bepul yordam beradigan va yuzaga keladigan muammolarni hal qiladigan shaxsiy yordamchi menejerga ham ega bo‘ladi.

optimo.uz saytiga o‘tish va ariza qoldirish bilan biznesni oson boshqarish va daromadni yanada oshirish uchun to‘g‘ri qadamni qo‘ygan mijozlarimiz safida bo‘ling!

Telefon: +998 (71) 205-12-22

Sayt: optimo.uz

Instagram: @optimo_uz

Telegram: @optimo_uz

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling