Samarqandda 3 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Oqdaryo tumanida donli ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali xo‘jalikning 3 gektar yerida issiqxona tashkil etmoqchi bo‘lgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jalik rahbari oldindan 20 ming dollar olgan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qarshi tumanida yashovchi, 1992 va 1998-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, davlat zaxirasidagi 8 sotix yerni mansabdor tanishlari orqali Ko‘kdalada istiqomat qiluvchi fuqaroga yashash xonadoni qurishi uchun olib berish evaziga 180 mln so‘m talab qiladi.

Lekin, ular oldindan 10 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling