Iyul oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat asosan kechalari 20-25 daraja, janubda 25-27 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda 27-30 daraja bo‘ladi.

Iyul oyining boshi juda issiq bo‘lmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Taʼkidlanishicha, 1-5-iyul kunlari kunduzgi havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda 36-39 darajagacha qulay bo‘lishi kutilmoqda. 

Keyinchalik harorat ko‘tarila boshlaydi va birinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, kunduzi havo 37-40 darajagacha, janubda 41-43 darajagacha isiydi.

Keyinchalik oyning oxirigacha havo harorati 33-38 darajadan 38-43 darajagacha, respublika shimolida, cho‘l hududlarida va janubida ba‘zi joylarda 45 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Harorat asosan kechalari 20-25 daraja, janubda 25-27 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda 27-30 daraja bo‘ladi.

Iyul oyida o‘rtacha harorat me‘yoriy qiymatlardan 1,5-2 darajaga, janubda 2-2,5 darajaga, shimolda va cho‘l hududlarda 2,5-3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Iyul oyi davomida respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim kunlarda respublikaning ba‘zi joylarida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Iyul oyida oylik yog‘ingarchilik miqdori me‘yordan kam bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling