Statistika agentligi o‘z kuzatuvlari bo‘yicha 2024 yil dekabr oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi Toshkent shahrida yuqori – 35 700 so‘m. Keyin o‘rinda esa Buxoro viloyati – 33 700 so‘m.
Shuningdek:
- Qoraqalpog‘iston R. – 25 700 so‘m
- Andijon viloyati – 31 200 so‘m
- Buxoro viloyati – 33 700 so‘m
- Jizzax viloyati – 28 800 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m
- Navoiy viloyati – 26 800 so‘m
- Namangan viloyati – 22 200 so‘m
- Samarqand viloyati – 30 500 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m
- Toshkent viloyati – 27 300 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m
- Xorazm viloyati – 30 900 so‘m