Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Sovuq kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqqacha isiydi.

24-yanvar kuni kunduzi sovuq antisiklon O‘zbekiston hududidan chekinadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, sovuq havo massaslarining ta‘siri asta-sekin kuchsizlanadi. Harorat kunduzi 0-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

25-yanvar – yakshanba kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi. Sovuq kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqqacha isiydi.

23-24-yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun kunning birinchi yarmida ba‘zi joylarda kuchsiz qor yog‘adi. Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ertaga kunning yarmida ba‘zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

25-yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari respublikaning ayrim joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. 24-25-yanvarda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba‘zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Havo harorati bugun kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi. Shanba kuni kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling