Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi

Tashrif dasturiga muvofiq, prezident G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling