Namanganda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati Pop tumani hokimining MFYlardan biridagi yordamchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

1988-y.t. fuqaroga 49 yil muddatga dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun ajratib berilgan 30 sotix yerni o‘zining mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib, uning 6 sotixida qurilgan uy-joy uchun tegishli kadastr hujjatlarini tayyorlatish evaziga 2 ming dollar talab qiladi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi oldindan 1000 dollarni o‘zining 1990 y.t. tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman filiali ishchisi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer va unda qurilgan uy-joyni o‘zining mansabdor tanishlari orqali shaxsiy mulk sifatida fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 900 dollar va 4,8 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda kadastr ishchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling