Toshkent metropoliteni 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Shu kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH doirasida Portugaliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

23-iyun kuni Toshkent metropoliteni tungi soat 01:00 gacha ishlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Shu kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH doirasida Portugaliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Ushbu o‘yin sabab poytaxtning turli hududlarida futbol ixlosmandlarining harakatlanishi sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. 

Shu bois metro poyezdlari harakati vaqti qo‘shimcha 1 soatga uzaytiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling