Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Havo harorati 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

14-fevral kuni kunduzi va 15-fevral kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tariladi, bugun 10-15 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 17-22 daraja iliqqacha bo‘ladi. Kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin 17-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Harorat asosan kechalari 6-9 daraja iliq bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s telikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling