Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Havo harorati 20-25 daraja bo‘ladi.

4-aprel – shanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Farg‘ona vodiysida, shuningdek respublika janubidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishiva shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 19-21 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling