Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
11-12-aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 10-12 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari 11-13 daraja, kunduz kunlari 23-25 daraja bo‘ladi.