30-iyun kuni soat 20:00 atrofida Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida voyaga yetmagan haydovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa D-149 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan. 2009-yilda tug‘ilgan U.Y. “Chery” avtomobilida harakatni boshlash vaqtida yo‘l chetida turgan 2023-yilda tug‘ilgan A.B.ni urib yuborgan.
Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat YHXB mas‘ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda to‘plangan hujjatlarni jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.