Qashqadaryoda sudya yordamchisi 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Qarshi tuman sudi sudya yordamchisi MIB tizimida ishlayotgan fuqaroni tanishlari orqali ishga kiritganini da‘vo qilib, uni boshqa tumandagi bo‘limga o‘tkazib berishni va‘da qilgan. Buning evaziga u fuqarodan 2500 dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi so‘ralgan pulni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.