Qarshi shahriga umumiy qiymati 3,3 mln dollar bo‘lgan 43 dona Xitoyda ishlab chiqarilgan avtobus olib kelindi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi avtobuslar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
Ularda sovitish va isitish tizimlari, oraliq bekatlar haqida ovozli e‘lonlar, elektron to‘lov tizimi hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun maxsus qulayliklar mavjud.
Mazkur avtobuslar Qarshi shahridagi 4 ta yo‘nalishda harakatlanadi.