Toshkentda ichki ishlar xodimini o'ldirgan 3 shaxs uzoq muddatga qamaldi

Uch nafar ayblanuvchi uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Foto: MIlliy telekanali

Foto: MIlliy telekanali

Toshkentda Oʻzbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi katta tergovchisini oʻldirganlikda aybdor deb topilgan uch nafar shaxsga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda poytaxt sudlari matbuot xizmati.

Jinoyat 2022-yil sentyabr oyida sodir boʻlgan. Jinoiy ish boʻyicha sudlanuvchilar uch nafar erkak (1986, 1987 va 1984-yillarda tugʻilganlar)dir. Ish materiallariga koʻra, ulardan biri Ichki ishlar vazirligi xodimini boʻgʻib oʻldirgan, shundan soʻng jasadga oʻt qoʻyib, kanalga tashlab yuborgan.

Marhumning opasi ukasining doʻkonida ishlaydiganlardan biri katta miqdordagi qarzni qaytarmaslik uchun “yolgʻon qoʻngʻiroq qilib, uni qasddan oʻldirgan”. Jasad uch kundan keyin topilgan. Uning soʻzlariga koʻra, marhumning toʻrt nafar farzandi, jumladan, bir yoshga ham toʻlmagan chaqalogʻi boʻlgan. U ayblanuvchilarga nisbatan umrbod qamoq jazosi berilishini talab qildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudi bir sudlanuvchini (1987-yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan 28-moddasi (Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, yaʼni bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlagan holda qasddan odam oʻldirish) bilan ayblanib, 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ikkinchi ayblanuvchi (1986-yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” va “p” bandlari (Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda, yaʼni bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlagan holda qasddan odam oʻldirish), 164-modda 4-qismining “a” bandi (Juda koʻp miqdorda bosqinchilik), 168-modda 4-qismining “a” bandi ((Juda koʻp miqdorda firibgarlik) boʻyicha 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uchinchi ayblanuvchi (1984-yil) Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” va “p” bandlari va 164-moddasi 4-qismi “a” bandlari bilan 24 yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling