Qibray tumani hokimining mahalladagi yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla yordamchisi ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

U mahalla binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar talab qiladi.

Hokim yordamchisi bu ishni hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta maʼlumotlar kiritish orqali qilmoqchi bo‘lgan.

U so‘ralgan puldan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling