Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi DXX.
Maʼlum qilinishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1991-y.t. va 1993-y.t. ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.
Ulardan Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali O‘zbekistonga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gramm bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari rasmiylashtirib olindi.
Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.