Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga va kechga tomon qolgan hududlarga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Bugun va ertaga respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda.
Shanba, 25-fevral kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi. Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yogʻadi Faqat Qoraqalpogʻiston boʻyicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va koʻpchilik hududlarda kechasi va kunduzi 0...+5 daraja, shimolda kechasi -10...-5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja atrofida boʻladi.
26-fevral kuni Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha quruq va kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida harorat kechasi -5...-2 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh hisobiga havo harorati +7...+12 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati +16...+18 darajagacha boʻladi.
Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab +3...+5 darajani tashkil etadi, kunduzi 0...+2 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuniga kelib, yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi -4...-2 daraja, kunduzi +8...+10 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling