O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlarini amalga oshiruvchi ilmiy muassasa hisoblanadi.

Prezidentning Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish bo‘yicha farmoni qabul qilindi.

Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:

– yosh akademik;

– Akademiya professori;

– Akademiyaning muxbir aʼzosi;

– Akademiyaning haqiqiy aʼzosi (akademik);

– Akademiyaning xorijiy aʼzolari.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling