“Qizilqum” klubining yoshlar jamoasi murabbiyi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiyda futbolchini asosiy tarkibda o‘ynatish uchun undan 20 mln so‘m olgan bosh murabbiy ushlandi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

“Qizilqum” klubining U-19 jamoasi bosh murabbiyi Nurota tumanida yashovchi, 2008-y.t. o‘smirni jamoaning asosiy tarkibiga o‘yinchi sifatida qabul qilish evaziga 20 mln so‘m talab qilgan.

Murabbiy o‘yinchilar jamoaga belgilangan sinovlarda saralanib, klub komissiyasining qarori va rahbarning tegishli buyrug‘i asosida qabul qilinishini bilgan.

Bosh murabbiy so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling