Beruniy tumanida fuqaro Sh.S. “Jayhun” MFY hududidagi “E.” savdo do‘konida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turli nomdagi jami 279 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Oqqo‘rg‘on tumanida “D.” MCHJ rahbari D.T. xaridorga 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 233 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yangiyo‘l tumanida fuqaro P.M. yashash xonadonida yashirin syex tashkil etib, qo‘lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu xonadondan “O‘zbegim” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlari va 120 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling