Diniy bloger Abror Muxtor Aliy jurnalist Nikita Makarenkoni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Diniy bloger jurnalistni nega haqorat qilganini tushuntirib berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Toshkent shahri, Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy sudida Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro — Abror Abduazimovga nisbatan jurnalist Nikita Makarenkoning bergan arizasi yuzasidan sud majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda jurnalist Nikita Makarenko oʻzining Telegramʻdagi sahifasida maʼlum qildi.

Jurnalistning yozishicha, u oʻzining arizasida A.M. Aliy unga nisbatan tahdid, tuhmat va haqoratomuz xabarlar tarqatilishi yuzasidan chora koʻrishini soʻragan.

Sudya Abror Abduazimovni MJtKning 202-2-moddasi birinchi qismi bilan shaxs qadr-qimmatini kamsitishga yoki uning obroʻsini kamsitishga olib keladigan yolgʻon maʼlumotlarni tarqatganlikda aybdor deb topdi. Fuqaro Abduazimov maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Abror Muhtor Aliy mazkur ish yuzasidan bergan munosabatiga koʻra, sud unga nisbatan BHMning 20 baravari (6 mln soʻm) miqdorda jarima tayinlagan.

“Nikita Makarenkoni Nikita-oy degan jumla bilan yozganim uchun uning yoʻq obroʻsi toʻkilgan deb topildi. Sud menga 6 mln soʻm jarima tayinladi. Biz Nikita Makarenkoga qarshimiz. Ung nisbatan Oʻzbekistonda ”ketparaslik“ning targʻiboti bilan shugʻullanayotganligi, millatning dardi va gʻami ularning qalbida emasligi haqida gapirgan edik. Shu sabab maʼmuriy javobgarlikka tortildik”, - deydi Abror Muhtor Aliy.

Makarenkoning soʻzlariga koʻra, sudya haqoratli soʻzlar mavjudligi sababli ishni jinoyat ishi tarkibiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling