Qo‘qonga 24 ta avtobus olib kelindi

Mazkur avtobuslar yaqin kunlarda brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi.

Qo‘qon shahriga yangi avtobuslar olib kelindi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

Farg‘ona viloyatidagi korxona tomonidan 24 ta zamonaviy Zhongtong rusumli avtobus xarid qilindi.

Mazkur avtobuslar yaqin kunlarda Qo‘qon shahri ichki avtobus yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi.

"Yangi avtobuslarning yo‘nalishlarga chiqarilishi yo‘lovchilarga yana-da qulay, xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, jamoat transporti tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi", – deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling