Oltita hududda qor ko‘chish xavfi e‘lon qilindi

Bunga 16-19-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chishi xavfi e‘lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Bunga 16-19-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Ushbu hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chatqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e‘lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling