Oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi elon qilindi

Bunga 21-22-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chish xavfi elon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Bunga 21-22-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. 

Ushbu hududlar:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumani.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling