Ish haftasi o‘rtasidan boshlab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

20-yanvar kuni faqat respublikaning janubiy-g‘arbiy hududlari bo‘yicha kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

21-23-yanvar kunlari O‘zbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Haftaning birinchi yarmida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat asta-sekin kechalari 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushub hafta davomida harorat asosan kechalari 8-13 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, 23-yanvarga kelib, 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. 21-22-yanvarda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. 

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 19-21-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 2 daraja sovuq, 1 daraja iliq, bugun va ertaga kunduz kunlari 3-6 daraja iliq, 21-yanvar kuni 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 

22-23-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 22-yanvarda kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq, 23-yanvarda kechasi 3-6 daraja sovuq, kunduzi 0 daraja atrofida bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling