Prezidentning 2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra ko‘ra, 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar) 31-dekabr – chorshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
2026 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
- 2-yanvar – juma;
- 28-may – payshanba;
- 29-may – juma;
- 31-avgust – dushanba;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 3-yanvar – shanba;
- 30-may – shanba;
- 31-dekabr – payshanba;
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni quyidagicha ko‘chiriladi:
- 2026-yilda 12-dekabr – shanba kunidan 31-dekabr – payshanba kuniga.