5-avgust kuni Bektemir tumanida joylashgan “Qo‘yliq” dehqon bozorining faoliyati qisman cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar FVBB xabar berdi.
Bunga yong‘in xavfsizligi talablarining qator buzilishlari aniqlangani sabab bo‘lgan. Shu bois bozor elektr ta‘minotidan ham qisman uzilgan.
Mutaxassislar aniqlangan kamchiliklar yong‘in kelib chiqishi, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkinligini ta‘kidladi.
Aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgach, bozor faoliyati qayta tiklanadi.