Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda 6-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8-yanvarda 6-9 daraja iliq, 9-yanvarda 9-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari 0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8-yanvarda 7-9 daraja iliq, 9-yanvarda 10-12 daraja iliq bo‘ladi.