Farg‘ona viloyatining Quva tumanidan o‘tgan yo‘lda 30-may kuni soat 11:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
1977-yilda tug‘ilgan haydovchi Y.I Nexia-2 avtomashinasida “zapravka”dan chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib harakatlangan.
Oqibatda o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi Q.I boshqaruvida bo‘lgan Onix bilan to‘qnashgan.
Natijada Nexia-2 haydovchisi shifoxonada vafot etgan.