2026-yilning yanvar—iyun oylarida quyosh panellari o‘rnatgan 68,6 ming nafar jismoniy shaxsga davlat budjetidan 330,8 mlrd so‘m subsidiya to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Subsidiya elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun ajratilgan.
Hududlar kesimida eng katta subsidiya Buxoro viloyatiga — 61,9 mlrd so‘m, Xorazm viloyatiga — 60,5 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatiga — 37,3 mlrd so‘m to‘g‘ri kelgan.
Fuqarolar subsidiyani “Soliq” mobil ilovasidagi “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishi mumkin.