O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Ravshan Jo‘rayev ko‘p yillar davomida teatr hamda kino sohasida faoliyat yuritgan.
U "Bobur"," Chaqaloq", "Ko‘ngil ko‘chalari", "Shaytanat"," Buyuk sharaf" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.
"Ravshan Jo‘rayev teatr hamda kino san’atini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi", — deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling