Toshkent shahri Xalqaro aeroportidagi ob-havo sharoiti (qor yog‘ishi) munosabati bilan reyslarning uchib ketish vaqtida biroz o‘zgarishlar kutilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, mumkin bo‘lgan qisqa muddatli kechikishlar parvozlar dasturini bajarish uchun qo‘shimcha parvozoldi muolajalarini o‘tkazish (havo kemalariga muzlashga qarshi ishlov berish) zaruriyati bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar aeroportda yo‘lovchilar uchun parvozoldi jarayonlaridan o‘tish vaqtiga taʼsir qilmaydi.
Ular belgilangan vaqt meʼyorlari va qoidalariga muvofiq bajarilishda davom etadi.