Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev vafot etdi

U o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

O‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib jahon chempionligini qo‘lga kiritgan sportchi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Rufat Risqiyev 1949-yilda tug‘ilgan. U boks bo‘yicha jahon chempioni, 1976-yilda Monrealda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi hisoblanadi.

Sportchi o‘zbek boksining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan bokschilardan biri bo‘lib, “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan tanilgan.

Shuningdek, Rufat Risqiyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling