Surxondaryoning Jarqoʻrgʻon tumanida avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan doʻkonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 22-yanvar kuni soat 06:00 da sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Yangiobod ” MFY, Mahtumquli koʻchasida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari savdo doʻkonining 65 kvadrat metr shift qismi va ichidagi mahsulotlari yongan.
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 06:07 voqea joyiga yetib borib, yongʻinni soat 07:40 da oʻchirgan. Tan jarohati olganlar yoʻq.
Yongʻinda savdo doʻkonining 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling