Ish haftasi davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

17-19-iyunda havo harorati 3-4 darajaga pasayadi.

O‘zbekiston bo‘yicha 16-17-iyunda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

18-19-iyunda faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun va ertaga kunduzgi harorat 35-38 daraja, cho‘l hududlarda 39-41 daraja, eng chekka janubda 41-43 daraja bo‘ladi.

17-19-iyunda havo harorati 3-4 darajaga pasayadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi. 15-17-iyunda shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda 15-16 iyun kunlari kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.

17-iyundan 19-iyungacha kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat asosan 31-34 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-14 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling