Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari havo harorati 22-25 daraja bo‘ladi.

O‘zbekiston bo‘yicha may oyining birinchi kunlarida bahoriy ob-havo sharoiti bilan kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Buxoro viloyatida va Navoiy viloyati janubida asosiy yomg‘irlar bugun yog‘adi, 2-3-may kunlari esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Dam olish kunlari havo harorati 22-25 daraja bo‘ladi. 

Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun eng salqin kun 20-23 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuniga borib esa havo harorati 27-30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 1-3-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda shanba va yakshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 13-15 daraja, kunduz kunlari 22-24 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar