Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Qoidabuzarliklar Samarqand va Bulung‘ur tumanlaridagi uchta tadbirkorlik subyektida qayd etilgan.

Samarqand viloyatida 1,1 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Samarqand tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida YTT M.S.ga qarashli korxona elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. Natijada 524,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, tumandagi “S.A.I.” MChJga qarashli binoda aniqlangan qoidabuzarlik oqibatida ta‘minot korxonasiga 180 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Bulung‘ur tumanida esa YTT M.A.ga qarashli noturar binoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati qayd etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 477 mln so‘mni tashkil etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling