Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqandda qum qazib olish oqibatida 2,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand tumanida tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, “J.Q.” MCHJ masʼul shaxslari “Ilonsoy-1” qum konidan ajratilgan hududidan tashqarida maxsus texnikalar yordamida 11,2 ming m3 tabiiy qum xom ashyosini qazib olgan.

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling