Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sherzod Qudratov o‘z arizasiga ko‘ra, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Temur Mahmudov esa tuman hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Pastdarg‘om tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sh.Rahmonov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Jamshid Pardayev tuman hokimi etib tasdiqlandi.