Joylarda firibgarlik bilan bog‘liq holatlar aniqlandi, deb xabar berdi DXX.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida geologik xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona direktori mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, muqaddam o‘zining Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida maʼsul lavozimlarda ishlaganligi aytadi.
U o‘zida Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida amalga oshirilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida yaratilgan oltin maʼdanlari joylashgan maxfiy geologik xarita va fotosuratlar borligini aytib, ularni 25 ming dollarga sotishini aytadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs kelishilgan pullardan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Tegishli tashkilotlar bergan xulosaga ko‘ra, ushbu shaxs iddao qilayotgan hech bir maʼlumot maxfiy hisoblanmaydi.
Shuningdek, “Muborak magistral gaz quvurlari” boshqarmasi gaz tarqatish stansiyasi bo‘limi Shahrisabz GTS operatori Qarshi shahrida yashovchi fuqaroni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali “O‘ztransgaz” AJ tizimidagi tashkilotlardan biriga nazoratchi lavozimiga ishga olinishi uchun 4 ming dollar talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda operator so‘ralgan 4000 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.