Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan narkotik moddalar aniqlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda marmar toshlar orasiga yashirilgan narkotik moddalar fosh qilindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Tadbir davomida 1992-y.t., xorijiy davlat fuqarosi hamda Samarqand viloyatida yashovchi, 1981 va 1995-y.t. 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, chet ellik fuqaro qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirgan holda mamlakatimizga olib kelgan, mahalliy fuqarolar esa ushbu ajal og‘usini sotish bilan shug‘ullanishgan.

Tezkor tadbir davomida jami 37 kg 421 gramm “ekstraksion opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling