Samarqandda YPX patrul avtomobili piyodani urib yubordi, u voqea joyida vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand shahri Shabbod ko‘chasida 21-iyul kuni soat 18:15 atrofida YPX xodimi boshqaruvidagi Tracker patrul avtomobili piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.

1951-yilda tug‘ilgan fuqaro yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan vaqtda YPX xodimi boshqaruvidagi xizmat avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling