Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ushbu lavozimda ishlab kelgan Odiljon Ataullayev vazifasidan ozod etildi.

Yangiyo‘l tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, shu paytgacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Odiljon Ataullayevegallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga San‘at Jumaniyazov nomzodini tavsiya qildi. U mazkur tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas‘ul lavozimda ishlab kelgan.

Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani kengashi deputatlari San‘at Jumaniyazovni Yangiyo‘l tumani hokimi etib tasdiqladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling