4-mart kuni xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.
Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Sessiyada Islambek Sdikov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.
I.Sdikov faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xo‘jayli tumani hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.