Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 17 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz‘ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Seoul Mun sayilgohidan oqib o‘tuvchi kanalga bolaning bosh kiyimi tushib ketgan.
U bosh kiyimni olish maqsadida suvga tushib, oqib ketgan.
Hozirda kanalda Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.