Toshkentning ikkita tumanida yo‘llar 16 kunga yopiladi

Mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘raldi.

Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Sergelida 25-dekabrdan 10-yanvargacha tun-u kun faoliyat yuritadigan gastronomik Turizm ko‘chasida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi bois qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Jumladan:

  • Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, Bektemirda ham ushbu muddatda Chirchiqbo‘yi ko‘chasining (xaritada ko‘rsatilgan) ma‘lum qismida, Coca Cola Garden bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘raldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling