Toshkentning bitta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 14-iyul kuni Toshkent shahrining bitta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Sergeli tumani - “Nomdanak”, "Keng Makon", “Izzatli” va “Sadoqat” MFYlari (soat 10:00 dan 16:00 gacha).

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling