Sergeli va Yunusobod tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlari hokimlari o‘zgardi. Bu haqda ushbu tuman hokimliklari xabar berdi.

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Tuman hokimi lavozimiga ilgari Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Davron Ismatov tayinlandi.

Yunusobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Boxadir Abduvaliyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Ushbu lavozimga Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Abrorxo‘ja Saidaliyev tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling